Qonun bilan nimalar o‘zgarmoqda?
▪️Jazolarning keskinlashishi: 14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tekkan yoki unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan jinoyatchilarga 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha muddat o‘tib ketishi qo‘llanilmaydi, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatdan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanadi.
▪️Protsessual himoya va bepul yuridik yordam: Jabrlangan yoki guvoh bo‘lgan bolalarga ilk daqiqalardan boshlab davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi. So‘roq jarayonlari videoyozuvda qayd etiladi, yuzlashtirishlar esa faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida maxsus tartibda o‘tkaziladi.
▪️Mehnat munosabatlaridagi cheklovlar: Ta’lim va tarbiya muassasalarida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi darhol bekor qilinadi va ularning kelgusida bolalar bilan ishlashi qat’iyan taqiqlanadi.
▪️Maxfiylik va xavfsizlik: Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarning so‘roviga ko‘ra yashash manziliga elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilib, qayta zo‘ravonlikning oldi olinadi.
▪️Harakatsizlik uchun javobgarlik: Bolani parvarish qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki komissiya qarorlariga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
▪️Insonparvarlik va muqobil choralar: Voyaga yetmaganlarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tarzidagi majburlov chorasi tugatilib, uning o‘rniga ta’lim-tarbiya va ijtimoiy xizmat tashkilotiga berish kabi muqobil choralar kiritiladi.
▪️Boshqa qo‘shimchalar: 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-hayosiz harakatlarni sodir etganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.
@daryo_live
Post #147670
14.4K
Daryo — LIVE Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi…