TGViewer
Daryo — LIVE Daryo — LIVE @daryo_live · 58.7K subscribers
Post #147360 12.9K
Nyu-Yorkdagi Garvard klubida BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Nizomiy Ganjaviy xalqaro markazining “Umumiy kelajak yo‘lida ishonch, hamkorlik va global barqarorlikni tiklash” mavzusidagi 37-yuqori darajali uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Eldor Aripov iqlim sohasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi. U iqlim bilan bog‘liq xavf-xatarlar bir vaqtning o‘zida bir necha davlatga ta’sir ko‘rsatishiga qaramay, xalqaro ko‘mak asosan alohida mamlakatlar va loyihalarga yo‘naltirilayotganini qayd etdi.

@daryo_live
More from @daryo_live
  1. Sep 29, 2026O‘zbekistonda to‘rt yilda 14 yoshga to‘lmagan shaxslarning nomusiga tegish bo‘yicha 445 ta…
  2. Sep 29, 2026Argentina Buyuk Britaniyani xalqaro tribunalga berish bilan tahdid qildi Prezident Haver M…
  3. Sep 29, 2026Fransiyada maktab oʻquvchilari norozilik namoyishi oʻtkazmoqda. 160 dan ortiq odam hibsga…
  4. Sep 29, 2026“Protokolni buzib bo‘lsayam, ota-onalar bilan alohida rasmga tushaylik” — prezident shaxma…
  5. Sep 29, 2026AQSHda 41 yil oʻlim jazosini kutgan mahkum ozod qilindi Yuta shtatida 1985-yildagi qotilli…
  6. Sep 29, 2026“Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga vaʼda beraman” — Javohir Sindarov @daryo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →