Argentina Buyuk Britaniyani xalqaro tribunalga berish bilan tahdid qildi
Prezident Haver Miley Britaniyaga Folklend orollari yaqinidagi neft loyihasini to‘xtatish uchun ikki hafta muhlat berdi. Agar bu talab bajarilmasa, Buenos Ayres ishni Gamburgdagi Xalqaro dengiz huquqi tribunaliga oshiradi.
Folklend orollari 1833-yildan beri Buyuk Britaniya nazorati ostida. Biroq Argentina o‘zi Malvin orollari deb ataydigan bu arxipelag ustidan o‘z suverenitetini da’vo qiladi.
@daryo_live
Post #147579
10.1K
