💥 NSA qayta tashkil etilmoqda: Xitoy, AI va real operatsiyalarga urg‘u!
AQShning National Security Agency — NSA agentligida so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik qayta tashkil etishlardan biri boshlanmoqda. General Joshua Rudd boshchiligida beshta mission center tuzish rejalashtirilgan: China, AI, Cybersecurity, Combat Support va Global Intelligence.
O‘zgarishning asosiy maqsadi yig‘ilgan ma’lumotni tezroq tahlil qilish va harbiy qo‘mondonliklar amalda foydalanadigan natijaga aylantirish.
- Yangi markazlar orasida alohida davlatga bag‘ishlangani faqat Xitoy yo‘nalishi. Bizningcha, bu Xitoy bilan bog‘liq vazifalarga mutaxassislar va texnik imkoniyatlarni bir joyda jamlash ustuvorligini ko‘rsatadi.
- NSA har kuni ulkan hajmdagi aloqa ma’lumotlari va elektron signallarni qayta ishlaydi. Ular orasidan muhim bog‘lanish yoki shubhali holatni topish kunlar, hatto haftalar olishi mumkin. Agentlik AI yordamida ma’lumotlarni saralash va anomaliyalarni aniqlashni tezlashtirmoqchi. Shu maqsadda tijoriy AI modellari ishlab chiquvchilari bilan ham ishlamoqda.
- Murakkab himoyalangan xorijiy tizimlarga yashirin kirish va intelligence yig‘ishga ixtisoslashgan Tailored Access Operations shu markazga biriktirilishi kutilmoqda. Bizning talqinimizcha, bu kiberjosuslik va texnik kirish imkoniyatlarini aniq intelligence vazifalari bilan yaqinroq bog‘lashga xizmat qiladi.
- Rahbariyat intelligence natijalarini harbiy qo‘mondonliklarga yetkazish vaqtini qisqartirmoqchi. Masalan, aniqlangan aloqa yoki faoliyat haqidagi ma’lumot qaror qabul qiluvchiga kerakli paytda yetib borishi muhim. Yangi markazlarning to‘liq operatsion tayyorligi 2027-yil yanvariga mo‘ljallangan.
Eski direktoratlar tugatiladimi yoki yangi markazlar ularning ustiga qo‘shiladimi bu masala hali ochiq. Bizningcha, kompaniyalar uchun ham bu yerda amaliy saboq bor: Threat Intelligence tizimlari muhim ma'lumotlarni yanada ko'proq yig'ishi va natijasini SOC tekshiruviga, himoya choralariga va mas’ul shaxsning qaroriga tez yetib borishini ta'minlashi kerak bo'ladi.
X - Telegram - Linkedin - Youtube
Post #423
1.4K

- 🔥 9
- ❤ 6
- ⚡ 2
- 👍 1