⚡️ DARK SIGNALS // DAY 03
Tahdid oddiy xizmat xatidan boshlanishi mumkin.
Xodimga sud yoki hamkor tashkilot nomidan xat keladi. U hujjatni ko‘rish uchun havoladagi dasturni ishga tushiradi — hujumchi esa kompyuterga masofadan kirish imkonini oladi
Bu real holat: Kaspersky’ning 2026-yil fevral hisobotida Bloody Wolf campaign’i O‘zbekistonda taxminan 50 ta jabrlanuvchiga ta’sir qilgani qayd etilgan. Hujumlarda o‘zbek tilidagi soxta sud xabarlaridan foydalanilgan.
Biznes uchun bu mijozlar bazasi va moliyaviy hujjatlar, davlat tashkiloti uchun esa xizmat yozishmalari va fuqarolar ma’lumotlari xavf ostida qolishi demakdir.
CYBER-BRO Threat Intelligence qanday yordam beradi?
Platformamiz tashqi manbalarni 24x7 tartibida tashkilotingizga oid sizib chiqqan login-parollarni, soxta domenlarni va hujumchilarga bog‘liq signallarni izlaydi.
Topilmalar tekshirilib, tashkilotingizga aloqasi va xavf darajasi baholanadi.
Masalan, xodim credential’i aniqlansa — account’ni himoyalash va kirish tarixini tekshirish; soxta domen topilsa — uni bloklash va xodimlarni ogohlantirish uchun asos paydo bo‘ladi.
Rahbariyat nima xavf ostida ekanini, xavfsizlik jamoasi esa qayerdan tekshirishni boshlash kerakligini biladi.
X - Telegram - Linkedin - Youtube
Post #421
2.92K


- 🔥 7
- 🏆 4
- 👍 2