Milliy kinologiya markazi instruktorlari Moskvadagi xalqaro seminarda ishtirok etdi
Joriy yilning 28-sentabr – 2-oktabr kunlari Milliy kinologiya markazining ikki nafar instruktori Moskva shahrida, Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmatining Kinologiya markazi bazasida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etdi.
Seminarda Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari qatnashdi. Dastur nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni qamrab olib, xizmat itlarini tayyorlash va ulardan bojxona nazoratida samarali foydalanish, mutaxassis va xizmat iti hamkorligini takomillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarda qo‘llanilayotgan yangi usullar va zamonaviy tahdidlar masalalariga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotlarda yengil va yuk transport vositalarini xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirish, yashirilgan buyumlarni aniqlash hamda qidiruv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.
Seminar doirasida Rossiya bojxona akademiyasi professorlari ishtirokida ham mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar Rossiyada yo‘l ko‘rsatuvchi itlarni tayyorlashga ixtisoslashgan maktab faoliyati bilan tanishdilar.
Post #74891
2.45K





