TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74671 2.59K
#xalqaro_hamkorlik

Bojxona qo‘mitasida Xalqaro savdo markazi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Xalqaro savdo markazining (XSM) “Ready4Trade Central Asia: Transkaspiy transport koridori orqali farovonlik sari yo‘l” loyihasi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha rahbari Yelena Butrimova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda savdoni rivojlantirish, savdo va transport jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasi bilan “Uzluksiz tranzit” tashabbusini amalga oshirishning joriy holati va istiqboldagi vazifalar, Tojikiston Respublikasi bilan tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron shaklda almashish bo‘yicha pilot loyihaning amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekistonda integratsiyalashgan xavflarni boshqarish tizimini joriy etish hamda davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida elektron navbat tizimini modernizatsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, bojxona va savdo-transport jarayonlarini raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda tahliliy yondashuvlardan samarali foydalanish borasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, kelishilgan tashabbuslarni amaliy jihatdan ilgari surish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.
More from @customschannel
  1. Oct 1, 2026Bojxona institutida «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiyla…
  2. Oct 1, 2026Bojxona institutida bayram munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilindi.
  3. Oct 1, 2026Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! 16:00 1.10.2026 😎 Telegram 😎 Instagram▶ You…
  4. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
  5. Oct 1, 2026📚 Ustozdan — shogirdga, avloddan — avlodga! Kasbni kitobdan o‘rganish mumkin. Ammo uning…
  6. Oct 1, 2026MEN UCHUN USTOZ... Ustoz — faqat bilim bergan inson emas. U — yo‘l ko‘rsatgan, ishonch ber…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →