TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74393 2.14K
Rahbarlar qabullarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi yetakchi inspektori I.Mavlonov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi PF–51-son Farmoni ijrosi doirasida davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy hamda sayyor qabullarni raqamlashtirish bo‘yicha joriy etilayotgan yangi elektron tizimning imkoniyatlari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur tizim orqali qabullar o‘tkaziladigan sana, hudud va manzil haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda kuzatish hamda nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, uchrashuvda Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularni ko‘rib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish va ijrosini samarali nazorat qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

E’tiborli jihati, mazkur yangilik va o‘zgarishlar dastlab Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi misolida amaliyotga joriy etildi.

Uchrashuv yakunida aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
More from @customschannel
  1. Sep 28, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxma…
  2. Sep 28, 20262031-yilda Oʻzbekiston mintaqa tarixida ilk bor BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va…
  3. Sep 28, 2026#Yengil_atletika Kunning yaxshi xabari! Yaponiyaning Nagoya shahrida davom etayotgan Aichi…
  4. Sep 28, 2026#tezkor Vaziyat 24 | “Chuqursoy” TIF bojxona postida yirik miqdordagi tovarlarni noqonuniy…
  5. Sep 28, 2026Тошкент аэропортида Дубайдан келган 3 нафар йўловчи 8 та iPhone 18 ва 6 та iPhone 17 смарт…
  6. Sep 28, 2026Dunyo bo'ylab TV | Сотрудниками Таможенного комитета пресечена попытка незаконного оборота…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →