Bojxona institutida kursantlar oʻrtasida “Maʼnaviyat qalqoni” tanlovi oʻtkazildi
Tadbir davomida boʻlajak bojxona xodimlarining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashi va intellektual salohiyatini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va dramaturg Toʻra Mirzo hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yetakchi mutaxassisi, falsafa fanlari doktori S.Jumaniyozova faol ishtirok etib, kursantlarning bilim va tafakkurini muntazam boyitishga boʻlgan intilishini yuqori baholadilar.
Mehmonlar yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday bellashuvlar kelajakda masʼuliyatli va keng dunyoqarashga ega kadrlarni tarbiyalashda muhim poydevor boʻlishini alohida eʼtirof etishdi.
Bellashuv yakunida gʻoliblikni 4-kurs kursanti A.Mavlonberdiyev qoʻlga kiritdi hamda tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Post #74386
1.65K





