TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74362 1.88K
#xalqaro_hamkorlik

AQSh Bojxona va chegara xizmati delegatsiyasi O‘zbekiston bojxona tizimi faoliyati bilan tanishdi


AQSh Bojxona va chegara xizmati Milliy targetlash markazi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuv va amaliy tashriflar o‘tkazidi.

Xususan, 23–25 sentyabr kunlari delegatsiya aʼzolari Bojxona qo‘mitasining “Ayritom” va “Yallama” chegara bojxona postlari hamda Milliy kinologiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Chegara bojxona postlarida mehmonlarga bojxona nazoratini tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, xavflarni boshqarish tizimi hamda bojxona jarayonlarini raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi. AQSh vakillari mazkur yo‘nalishlarda erishilayotgan natijalarni yuqori baholadilar.

Uchrashuvlar davomida transport vositalarini inspeksion-ko‘rik majmualari orqali nazoratdan o‘tkazish, rentgen tasvirlarini tahlil etish va xavflarni aniqlash bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida ikki mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasida qo‘shma o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida AQSh delegatsiyasi Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida ham bo‘lib, markazning moddiy-texnik bazasi, xizmat itlarini tayyorlash tizimi va xalqaro o‘quv salohiyati bilan tanishdi.

Markaz faoliyati yuqori baholanib, kelgusida AQSh Bojxona va chegara xizmatining Kinologiya xizmati delegatsiyasining O‘zbekistonga alohida tashrifini tashkil etishga qiziqish bildirildi.

Shuningdek, AQSh Hukumati ko‘magida Milliy kinologiya markazi bazasida mintaqaviy o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv Bojxona qoʻmitasi raisi A.Mavlonovning AQSh Bojxona va chegara xizmati komissari R.Skott bilan oʻtkazgan ikki tomonlama uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi hisoblanadi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va AQSh bojxona xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirish hamda kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
More from @customschannel
  1. Sep 25, 2026🟦🟦🟦 95 kilogramm giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi ⚡️ 13:00…
  2. Sep 25, 2026Dala maydoniga yashirilgan qoplardan 95 kg gashish topildi Efir: 25.09.2026 | 19:00 #Toshk…
  3. Sep 25, 2026Bojxona xodimlari 95 kg gashishning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. @yangidavr_rasmi…
  4. Sep 25, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Giyohvandlik va boshqa zararli odatlar – yoshlar kelajagiga…
  5. Sep 25, 2026HUJJATDA BOSHQA, AMALDA BOSHQA TOVAR 🗓 24.09.2026 ⏰ 15:00 📍Toshkent shahri 🌐 Telegram |…
  6. Sep 25, 2026UZREPORT TV: Yil boshidan beri bojxona postlarida 80 mlrd soʼmdan ortiq zargarlik buyumlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →