#Xavfsiz_mahalla
Sergeli tumanidagi mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda
“Xavfsiz mahalla” dasturi doirasida Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Choriyev va Milliy kinologiya markazi direktori F.Qaxxorov tomonidan Sergeli tumanida tashkil qilingan ishchi guruh faoliyati o‘rganildi. Mahallalar kesimida bojxona xodimlarining olib borayotgan ishlari tahlil qilindi.
Shundan so’ng, tumanda tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahallalarga kunduzgi va tungi smenalarga biriktirilgan xodimlarning ish samaradorligi, mavjud kamchiliklar hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlarda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida va joyida bartaraf etish, shuningdek, “sariq” va “qizil” toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, Rais o’rinbosari “Qut Baraka” MFY hududini ham o‘rganib, profilaktika inspektorlari bilan suhbat o‘tkazdi. Mahallada xavfsizlikni ta’minlash bilan birga, tozalik va obodonlashtirishga ham rioya etish, jamoat tartibini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Post #74175
2.42K








