#qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi “Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-251-son qarori qabul qilindi.
✅Qarorga muvofiq, 2027-yil 31-dekabrga qadar ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan:
🔹 “Yevro-5” va undan yuqori ekologik talablarga javob beradigan yuk tashuvchi avtotransport vositalari;
🔹 to‘la vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 kub metr bo‘lgan yarim tirkamalarni O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji hamda utilizatsiya yig‘imi nol stavkada qo‘llaniladi.
🔰Shu bilan birga, mazkur imtiyozlar asosida rasmiylashtirilgan transport vositalari uch yil ichida eksport qilinsa yoki qayta jihozlanishi natijasida TIF TN kodi o‘zgarsa (yoqilg‘i turini o‘zgartirish holatlari bundan mustasno), taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinib, tegishli bojxona to‘lovlari undiriladi.
🔰Shuningdek, qaror bilan Yevropa standartlariga mos keladigan mazkur yuk avtotransport vositalarini import qilishda ularni majburiy sertifikatlashdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi belgilandi.
Post #68853
8.04K