Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va Rossiya Federal bojxona xizmati oʻrtasida Vakolatli iqtisodiy operatorlarning tegishli muassasalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi Bitim 2025-yil 1-iyundan boshlab ishga tushiriladi.
Ushbu bitim ikki davlat hududida vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega kompaniyalar uchun bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishni nazarda tutadi. Bitimning amalga oshirilishi yetkazib berish zanjirining xavfsizligini mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi savdoni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Bitimga muvofiq ikkala mamlakatlarning vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro yuk joʻnatmalarida deklaratsiyalash va tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish bosqichida quyidagi soddalashtirishlar qoʻllaniladi:
– bojxona operatsiyalarini birinchi navbatdagi tartibda amalga oshirish;
– bojxona koʻrigi yoki bojxona ko'zdan kechiruvini birinchi navbatda oʻtkazish;
– xavflarni boshqarish tizimining talablari bilan belgilanadigan minimal darajada hujjatli tekshiruv va bojxona nazoratini amalga oshirish.
Post #47561
4.06K