TGViewer
Creative Tech Creative Tech @creative_tech_official · 2.66K subscribers
Post #538 561
Virtual dunyoni endi nafaqat ko‘rish, balki his qilish ham mumkin. 🌐

VR uzoq vaqt davomida asosan ko‘z va quloq uchun yaratilgan tajriba edi. Endi esa haptik texnologiyalar virtual obyektlarga “tegish” imkonini ham bermoqda.

Stanford University’dagi TouchWorld loyihasi buning qiziqarli misollaridan biri. Tizim AI yordamida 3D muhit va obyektlar yaratadi, foydalanuvchi esa maxsus haptik qurilma orqali ularning shakli, yuzasi va fizik qarshiligini sezishi mumkin.

Jarayon yanada qiziq: foydalanuvchi qanday obyekt yoki muhit kerakligini ovoz orqali tasvirlaydi → AI uni 3D formatda yaratadi → virtual sahna Unity’da shakllantiriladi → haptik qurilma esa raqamli obyekt bilan o‘zaro ta’sirni fizik feedback’ga aylantiradi.


Bu shunchaki gaming uchun yaratilayotgan effekt emas. Bunday texnologiyalar kelajakda 3D dizayn, ta’lim, simulyatsiya, accessibility, virtual trening va immersive entertainment kabi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar ochishi mumkin.

Bugun biz virtual dunyoni ekranda ko‘ryapmiz.
Ertaga esa uni ushlab ko‘rish odatiy holga aylanishi mumkin.

CreativeTech: texnologiya va kreativ industriya kesishgan nuqtada.

#GlobalXabar
More from @creative_tech_official
  1. Oct 14, 2026Bir necha soniyada tomosha qilasiz. Biz esa har bir detalini yaratamiz. Qahramonning yuz i…
  2. Oct 12, 2026📩 “Hali ko‘rsatadigan ishim yo‘q” deb o‘ylayapsizmi? Telefoningizdagi eskiz, birinchi 3D…
  3. Oct 9, 2026🎮 Game Development, Animatsiya, VFX, Digital Art, 3D Modeling yoki turdosh yo‘nalishlarda…
  4. Oct 8, 2026🎮 Bir kun siz yaratgan o‘yinni minglab odamlar o‘ynashi mumkin. Hammasi esa ilk qadamdan…
  5. Oct 8, 2026💬 Siz so‘ramoqchi bo‘lgan savol boshqalarga ham qiziq bo‘lishi mumkin. Creative Tech’da q…
  6. Oct 7, 2026Darslar qanday o‘tadi ❓ Creative Tech’dagi odatiy kunlardan biri: yangi mavzu, ustoz bilan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →