Siz uchun maxsus taklifimiz bor! 🚀
Mahoratingizni yangi loyihalarda namoyon etish, kuchli jamoalarga qo‘shilish va xalqaro buyurtmalar ustida ishlashni istaysizmi?
Unda, keling, tanishamiz!
Uzbekistan Creative Association 30 dan ortiq kompaniya va studiyani birlashtiradi. Biz a’zo studiyalarimiz bilan xalqaro va mahalliy buyurtmalar hamda autsorsing loyihalari ustida ishlayapmiz. Bu loyihalarda siz ham qatnashishingiz mumkin!
Shu maqsadda talent.uzca.uz platformasida O‘zbekistonning raqamli kreativ soha mutaxassislarini jamlayapmiz.
Loyihalar uchun kerakli talantlarni shu bazadan saralab, assotsiatsiya va a’zo studiyalarimiz jamoalariga jalb qilmoqchimiz.
Siz uchun qanday imkoniyatlar bor?
- Mahalliy va xalqaro loyihalarda ishlash.
- A’zo studiyalar jamoasiga doimiy ishga qo‘shilish.
- Loyihalarni yoki ularning muayyan qismini frilans asosida bajarish.
Birinchi qadam - o‘zingizni va ishlaringizni tanishtiring!
Platformaga kiring, tajribangiz va ko‘nikmalaringizni yozing, CV yoki portfolioingizni joylashtiring. Qanday hamkorlikka tayyor ekaningizni ham ko‘rsating.
Biz ishlaringizni ko‘rib chiqamiz va loyiha talablariga mos kelganingizda, aniq vazifa va hamkorlik taklifi bilan siz bilan bog‘lanamiz.
Platforma quyidagi yo‘nalishlar uchun ochiq:
Game Development · Animation · VFX & CGI · Digital Art · Design & Branding · Film & Video · Music & Sound · Creative Production
🚀 Keyingi loyihaga aynan siz kerak bo‘lishingiz mumkin. Tanishishni bugundan boshlaylik!
🔗 talent.uzca.uz
Ijodkor do‘stlaringizga ham yuboring - bu taklif ularga ham qiziq bo‘lishi mumkin.
