✅Tadbir davomida institut talabalariga zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, GameDev (o‘yin yaratishtirish), 3D modellashtirish, animatsiya va VFX yo‘nalishlaridagi global tendensiyalar hamda ularning o‘zbek san’ati bilan integratsiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅
Mutaxassislar institut talabalari ega bo‘lgan fundamental akademik baza - kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshlik va milliy miniatyura qonuniyatlari zamonaviy raqamli industriyada yuqori baholanishini alohida ta’kidladilar. Ishtirokchilarga dastur doirasida yaratilgan imkoniyatlar, malakali kadrlar tayyorlash tizimi, xalqaro bozorga chiqish istiqbollari hamda sohada mavjud davlat grantlari haqida tushunchalar berildi.
🌐Ushbu uchrashuv yosh ijodkorlarning klassik san’at an’analarini raqamli formatda davom ettirishlari va kelajakda kreativ iqtisodiyotning yetakchi mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 Ariza topshirish: CreativeTech.uz
Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida!
📞 Aloqa: +998-95-474-19-19
📱 Instagram | Telegram


