TGViewer
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента @codd_tashkent · 7.09K subscribers
Post #394 2.43K
🚦 Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi vaziyat yuzasidan

Anhor.uz da e’lon qilingan ma’lumot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining Vaziyatlar markazi operatorlari tomonidan transport holatini monitoring qilish jarayonida mazkur chorrahadagi harakat qiyinlashgani aniqlangan.

Tirbandlikka Abay ko‘chasidan chapga burilayotgan transport vositalarining ko‘pligi sabab bo‘lgan. Natijada ayrim avtomobillar chorraha hududini band qilib, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi transport oqimining harakatiga to‘sqinlik qilgan. Bu esa chorrahada transport oqimining yanada zichlashishiga olib kelgan.

Vaziyatni tezkor tartibga solish maqsadida hududga yo‘l-patrul xizmati xodimi yuborildi. Tirbandlik bartaraf etilib, transport harakati tiklandi va ayni paytda harakat odatiy tartibda davom etmoqda.

📍 Bundan tashqari, mazkur chorraha Vaziyatlar markazi tomonidan yo‘l harakati monitoringi olib boriladigan hududlar ro‘yxatiga kiritildi.

Ushbu hududdagi transport vaziyati doimiy ravishda kuzatib boriladi hamda harakatda takroriy qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda tezkor choralar ko‘riladi.

Vaziyatlar markazi poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimini monitoring qilishni davom etadi hamda yuzaga kelayotgan harakat qiyinchiliklariga tezkor choralar ko‘radi.

———

🚦 По ситуации на пересечении улиц Абая и Абдуллы Кадыри

В связи с информацией, опубликованной Anhor.uz, сообщаем следующее.

Операторами Ситуационного центра Центра организации дорожного движения города Ташкента затруднение движения на данном перекрёстке было выявлено в ходе мониторинга транспортной ситуации.

Причиной затора стало значительное скопление автомобилей, совершающих левые повороты с улицы Абая. В результате часть транспортных средств заняла зону перекрёстка, что привело к блокировке движения по улице Абдуллы Кадыри и последующему уплотнению транспортного потока.

Для оперативного регулирования движения на место был направлен сотрудник дорожно-патрульной службы. Затор был устранён, движение восстановлено и в настоящее время осуществляется в штатном режиме.

📍 Дополнительно данный перекрёсток включён в перечень участков мониторинга дорожного движения Ситуационного центра ЦОДД.

Транспортная обстановка на участке будет отслеживаться на постоянной основе для своевременного реагирования в случае повторного возникновения затруднений.

Ситуационный центр ЦОДД продолжает мониторинг транспортной ситуации на улицах столицы и оперативно реагирует на возникающие затруднения.
  • 👍 4
More from @codd_tashkent
  1. Sep 22, 2026📃 В инфографике представлены основные показатели за 21 сентября, касающиеся транспортного…
  2. Sep 22, 2026📃 21-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi, jamoat transporti faoliyati, tir…
  3. Sep 22, 2026#ОПРОС 🚌 Опрос населения по оценке качества услуг общественного транспорта города Ташкент…
  4. Sep 22, 2026#SOʻROVNOMA 🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi…
  5. Sep 22, 2026#SOʻROVNOMA 🚏 Yangilangan avtobus bekatlari haqida fikringiz qanday? Toshkentdagi yangila…
  6. Sep 22, 2026🏆Главная сила Ташкента — люди 📈Ташкент поднялся на 128 позиций в Global Cities Index 202…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →