TGViewer
Channel Public Channel
Roʻyxatga olish – 2026

Roʻyxatga olish – 2026

@census_2026_lotin

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish
Subscribers
1.51K
Photos
166
Videos
39
Links
98
Recent Posts 20 shown
Post #231 476
💼 Biznesni ro‘yxatga olish o‘zi nima?

Bugun mamlakatda turli shaklda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar soni va ularning faoliyat ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Ularning amaldagi holati, faoliyat yo‘nalishlari va bandlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish iqtisodiyotni aniq baholashda muhim ahamiyatga ega.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar mamlakatimizda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.


➡️ Asosiy maqsad — mamlakatda amalda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar, ularning faoliyat yo‘nalishlari, bandlik holati va asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish.

👥 Kimlar ishtirok etadi?

➡️yuridik shaxslar;
➡️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
➡️o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
➡️dehqon xo‘jaliklari;
➡️hunarmandlar;
➡️oilaviy tadbirkorlar;
➡️nodavlat notijorat tashkilotlari;
➡️ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan ayrim iqtisodiy birliklar.

📋 Ma’lumotlar qanday to‘planadi?

Respondent toifasiga qarab, ma’lumotlar ro‘yxatga oluvchilar tomonidan planshet qurilmalari orqali yuzma-yuz so‘rov asosida yoki internet orqali mustaqil ravishda taqdim etiladi.


📊 Ro‘yxatga olish nima beradi?


🏢 statistika tizimiga — korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi statistik registrlarni yangilash va iqtisodiy birliklar haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishga;

📈 statistik kuzatuvlarga — tanlanma kuzatuvlarni yanada sifatli tashkil etishga;

🔎 iqtisodiyotni baholashga — kuzatilmaydigan iqtisodiyot ko‘lamini aniqroq baholashga;

💼 tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga — biznesning amaldagi holati va ehtiyojlarini yaxshiroq anglashga;

🏙 hududlarni rivojlantirishga — hududlardagi iqtisodiy faollik bo‘yicha aniq ma’lumotlarga tayangan holda qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

🎯 Eng muhimi
Biznesni ro‘yxatga olish orqali mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyatining yanada to‘liq va aniq statistik manzarasi shakllanadi.

✅ Natijada to‘plangan ma’lumotlar shunchaki statistik ko‘rsatkich bo‘lib qolmaydi. Ular tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish hamda biznes uchun yanada to‘g‘ri va manzilli qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbaiga aylanadi.
  • 👍 1
Post #230 438
Biznesni ro‘yxatga olish — barqaror iqtisodiy rivojlanish poydevori!
  • 👍 1
Post #229 1.57K
🏢 O‘zbekistonda 4,8 mln kishi ko‘p qavatli uylarda yashaydi

🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 4,8 mln nafari ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda istiqomat qiladi.

📊 Bu jami aholining 12,4 foizini tashkil etadi.


📊 Aholining yashash joyi turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda yashovchilar — 33,3 mln kishi (85,3 foiz);

ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda yashovchilar — 4,8 mln kishi (12,4 foiz);

boshqa turdagi turar joylarda yashovchilar — 927,3 ming kishi (2,3 foiz).

📌 Boshqa turdagi turar joylarga dala hovli, yotoqxona, mehmonxona va boshqa yashash joylari kiradi.
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
Post #228 2.92K
👵🏻 O‘zbekistonda 85 yoshdan katta aholi soni qariyb 169 ming nafarni tashkil etdi

🏢 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etdi.

📊 Aholining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

0–4 yosh — 4 607 149 nafar;

5–9 yosh — 3 859 606 nafar;

10–14 yosh — 3 406 515 nafar;

15–19 yosh — 3 155 802 nafar;

20–24 yosh — 2 662 250 nafar;

25–29 yosh — 2 649 263 nafar;

30–34 yosh — 3 167 974 nafar;

35–39 yosh — 3 090 226 nafar;

40–44 yosh — 2 687 261 nafar;

45–49 yosh — 2 242 676 nafar;

50–54 yosh — 1 913 838 nafar;

55–59 yosh — 1 647 864 nafar;

60–64 yosh — 1 471 110 nafar;

65–69 yosh — 1 174 839 nafar;

70–74 yosh — 669 046 nafar;

75–79 yosh — 342 554 nafar;

80–84 yosh — 130 375 nafar;

85 yosh va kattalar — 168 973 nafar.
  • 👍 10
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
Post #227 51.1K
Aholi tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

— Men savolnomada oila a’zolarimni ham kiritib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdim. Faqat menga sertifikat chiqdi. Lekin oila a’zolarimning ish joyidan ularni ro‘yxatdan o‘tganligini isbotlovchi sertifikat so‘rashmoqda. Bunda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?

— Agar siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolaringizni ham o‘zingiz bilan birga yagona savolnoma orqali kiritgan bo‘lsangiz, demak, ular ham ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Bu qonun talablariga to‘liq mos.

Biroq tizim texnik jihatdan faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan sertifikat shakllantiradi. Shu sababli oila a’zolaringiz uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda chiqarilmaydi.

Agar sizga xonadon tarkibida kimlar ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu ma’lumot sertifikatning quyi qismida keltirib o‘tilgan. Ish joyingiz tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat so‘ralsa, mazkur ro‘yxatni taqdim etishingiz mumkin.

— Men savolnomada oila a’zolarimni ham kiritib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdim. Faqat menga sertifikat chiqdi. Lekin oila a’zolarimning ish joyidan ularni ro‘yxatdan o‘tganligini isbotlovchi sertifikat so‘rashmoqda. Bunda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?

— Agar siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolaringizni ham o‘zingiz bilan birga yagona savolnoma orqali kiritgan bo‘lsangiz, demak, ular ham ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Bu qonun talablariga to‘liq mos.

Biroq tizim texnik jihatdan faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan sertifikat shakllantiradi. Shu sababli oila a’zolaringiz uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda chiqarilmaydi.

Agar sizga xonadon tarkibida kimlar ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu ma’lumot sertifikatning quyi qismida keltirib o‘tilgan. Ish joyingiz tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat so‘ralsa, mazkur ro‘yxatni taqdim etishingiz mumkin.

— Ro‘yxatdan o‘tishda propiskada turganlar ko‘rsatiladimi yoki amalda yashab turganlarmi?

— Ro‘yxatga olish jarayonida faqat respondent bilan birga hozirda bir uyda yashab turgan oila a’zolari ro‘yxatga kiritiladi. Propiskada turgan, ammo hozirda birga yashamayotgan shaxslar kiritilmaydi.

— JSHSHIRni kiritib bo‘lmayapti. Shuningdek, bolani ham qo‘shib bo‘lmayapti. Nima qilish mumkin?

— census.stat.uz saytiga OneID orqali kirilganda oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda chiqadi. Agar ma’lumotlarda xato yoki kamchilik bo‘lsa, ularni to‘g‘rilash, a’zo qo‘shish yoki o‘chirish mumkin.

Ma’lumot uchun: hozirda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ham JSHSHIR mavjud. Uni my.gov.uz saytidagi «Mening oilam» bo‘limi orqali olish mumkin.

— Ayrim davlat tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tishni majburiy qilib, kadastr hujjatlari talab qilinmoqda. Bu to‘g‘rimi?

— Yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tish uchun kadastr raqami yoki kadastr hujjatlari talab etilmaydi. So‘rovnomada faqat uy-joy, qurilish va yashash xonalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni bilish yetarli.

Ro‘yxatdan o‘tish majburiymi, degan savolga kelsak, davlat organlari va tashkilotlari tizimida ishlayotgan xodimlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatlarda — 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar — ta’minlanishi Prezident farmonida belgilangan. Shu bilan birga, belgilangan muddat tugashidan oldin xodimlarni majburiy tarzda shoshilinch ro‘yxatdan o‘tkazish nazarda tutilmagan.
  • ❤ 14
  • 👎 9
  • 👍 6
  • 🖕 5
  • 😁 1
Post #226 33.1K
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini onlayn to‘ldirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan ayrim holatlar yuzasidan doimiy ravishda ma’lumot va tushuntirishlar berib boramiz.

Jumladan, aholidan kelayotgan savollar orasida quyidagi murojaatlar eng ko‘p uchramoqda:

— Oilamizdan bir kishi barchamizni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu yetarlimi yoki barchamiz alohida qaytadan o‘tishimiz kerakmi?
— Bir kishi butun oilasini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilsa, bu yetarli hisoblanadi.

— “Telefon qurilmasi talabga javob bermaydi” degan yozuv chiqyapti. Bu nimani anglatadi?
— Bu holatda telefoningizning operativ xotirasi kam yoki brauzeringiz eski bo‘lishi mumkin. Imkoni bo‘lsa, kompyuter yoki boshqa qurilmadan urinib ko‘ring.

— Mahalla/ko‘cha nomi chiqmayapti. Nima qilsam bo‘ladi?
— Bunday holatda siz mahalla/ko‘cha nomini mustaqil ravishda yozib qo‘yishingiz mumkin.

— Qaynota-qaynona, aka-uka, opa-singil va boshqalarni ham ro‘yxatga kiritishim kerakmi?
— Agar siz ular bilan birga yashamasangiz, ularni kiritishingiz shart emas. Ular o‘zlari yashab turgan turar joyi bo‘yicha alohida ro‘yxatdan o‘tishadi.

— 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarda “Nechta farzand dunyoga keltirgansiz?” savolida “yo‘q” javobini belgilab bo‘lmayapti.
— Ushbu savol xalqaro tavsiyalarga muvofiq savolnomaga kiritilgan. Agar respondent farzandli bo‘lmagan bo‘lsa, “0” deb belgilashi mumkin.

— Ro‘yxatdan o‘tdim, lekin sertifikatimni yuklab ololmayapman.
— Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, OneID tizimi orqali saytga kirib, o‘ng tomon yuqori qismda joylashgan ism-familiya ustiga bosgan holda sertifikatni yuklab olishingiz mumkin.

Shuningdek, sertifikatda aks etmagan oila a’zolarining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning monitoring dashbordlarida inson omilisiz aks etadi va buning o‘zi yetarli hisoblanadi. Ulardan alohida sertifikat talab qilinmaydi.

— Savolnomada sotixni yoza olmayapman.
— 1-shaklning 2-savolida yakka tartibdagi hovli yoki kvartiraning umumiy qurilish maydoni kvadrat metrda butun sonlarda ko‘rsatiladi.

5-shaklda esa umumiy yer maydoni va qishloq xo‘jaligi yer maydoni sotixda ko‘rsatiladi.

Umuman olganda, qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga oid barcha ko‘rsatkichlar sotixda kiritilishi talab etiladi.
  • ❤ 16
  • 👎 6
  • 🔥 5
Post #225 13.6K
#census_2026 #live

⚡️ Soat 9:30 holatiga census.stat.uz portali orqali jami xonadonlarning 8 foizi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

🇺🇿 Hurmatli yurtdoshlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting!
  • 👍 11
  • 😁 4
  • ❤ 3
  • 👎 2
Post #224 27K
⚡️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichi boshlandi

🇺🇿 2026-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud bo‘lib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.


📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s

🎁 Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovg‘alar o‘ynab beriladi.


Barcha fuqarolarni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!
  • 👎 13
  • ❤ 7
  • 👍 5
  • 🤬 2
  • 💩 1
Post #223 27.8K
Onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi

Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

Bir kishi butun oilasi uchun roʻyxatga olish savolnomasini toʻldirishi mumkin.


🔒 Maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.

💡 Nima uchun bu muhim?

Roʻyxat natijalari:

- davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi;

- yangi ish oʻrinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos boʻladi;

- qishloq xoʻjaligidagi resurslarni toʻgʻri taqsimlash imkonini yaratadi.

❗️Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning birinchi bosqichida 15-31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan fuqarolar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishadi.
  • ❤ 11
  • 😁 4
  • 👎 3
Post #222 12K
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!


Otabek Muhammadzohid

san’atkor
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 👎 2
  • 🔥 1
Post #221 9.48K
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!


Ramiz Usmonov
O‘zbekiston xalq artisti
  • 👍 3
  • 👎 2
Post #220 13.4K
❓ Savol:

Agar ro‘yxatga olish paytida vaqtincha chet elda bo‘lsam qanday qilib ro‘yxatdan o‘taman?

✅ Javob:

Agar siz chet elda o‘qish, ishlash, sayohat, davolanish va boshqa maqsadlarda vaqtincha bo‘lsangiz, 15-yanvardan 31-yanvargacha census.stat.uz veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Shuningdek, siz haqingizdagi ma’lumotlarni yaqin qarindoshlaringiz taqdim etishlari ham mumkin.


#savolim_bor
  • ❤ 5
  • 👎 2
Post #218 5.52K
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!


Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni
  • 👍 5
Post #217 13.6K
2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish oʻtkaziladi

Oxirgi marta bunday katta roʻyxatga olish 1989-yilda boʻlgan.

Oʻshandan beri hayot oʻzgardi, aholi koʻpaydi, qishloq xoʻjaligi yangi bosqichga chiqdi.

Bugun esa bizga yangilangan, aniq va toʻliq maʻlumotlar kerak.

Chunki aynan shu maʻlumotlar asosida:
— yangi maktablar,
— yangi ish oʻrinlari,
— ijtimoiy loyihalar,
— va qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash dasturlari rejalashtiriladi.

15–31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan oʻtishda faol ishtirok etgan fuqarolar uchun maxsus sovgʻalar tayyorlangan!


Shunchaki bir necha daqiqa vaqtingiz —
lekin natijasi butun kelajagimiz uchun muhim.

Muhammad Abdullayev,
bloger
  • ❤ 7
  • 🔥 3
  • 🏆 1
Post #216 8.08K
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!


Nargiza Kenjayeva

"Navoiyuran" davlat korxonasi bo‘lim boshlig‘i
  • 👍 2
Post #215 5.48K
❓ Savol:

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida daromadim qancha ekani haqida ma’lumot kiritishim kerakmi?

✅ Javob:

Yo‘q. Daromad miqdori to‘g‘risidagi savollar ro‘yxatga olish savolnomasi tarkibida mavjud emas.

Faqatgina daromad manbai (yollanma ish, pensiya, nafaqa, stipendiya, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari) so‘raladi.


#savolim_bor
  • ❤ 2
Post #214 5.1K
#roʻyxatga_olish_tarixi

📜 1871-yilda Toshkent shahridagi chorvalar soni

1871-yilda o‘tkazilgan ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi hayvonlari soni:

🐄 Yirik shoxli qoramollar — 10 324 ta;

🐏 Qo‘ylar — 6 420 ta;

🐎 Otlar — 4 731 ta;

🐐 Echkilar — 1 616 ta;

🤩 Eshak va xachirlar — 828 ta;

🐪 Tuyalar — 430 ta;

Boshqalar — 237 ta;

Jami chorva soni — 24 586 ta.


Manba: 1871-yilda Turkiston viloyati bo‘yicha tuzilgan hisobot (tarixiy hujjat).
  • ❤ 2
Post #213 16.4K
🇺🇿 Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting va qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ling!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichida 15-31-yanvar kunlari onlayn ro‘yxatdan fuqarolar Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok etgan fuqarolar uchun mahalliy hokimliklar ham turli xil sovg‘alar berishni rejalashtirmoqda.


✅ Jumladan, so‘rovnomani sifatli va birinchi bo‘lib onlayn tarzda yakunlagan mahallalar uchun Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan maxsus rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.

Nominatsiyalar:

– 1 km ichki yo‘lni ta’mirlash yoki qurish;

– elektr ta’minotini yaxshilash uchun transformator o‘rnatish;

– piyodalar uchun qulay yo‘lakchalar barpo etish;

– yoshlar va bolalar uchun mini stadion tashkil etish;


👉 Demak, har bir ishtirok — bu mahallangiz rivoji, qulaylik va farovon kelajakka qo‘yilgan qadamdir.

Faol bo‘ling, onlayn ro‘yxatdan o‘ting, birinchi bo‘ling, mahallangiz uchun imkoniyat yarating!
  • 👍 10
  • ❤ 3
Post #212 123K
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini onlayn to‘ldirish uchun OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘ting
Post #211 20.8K
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish

— Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish nima uchun kerak?

— Yaxshi savol. Bu mamlakat iqtisodiyotini kelajakda rivojlantirish strategiyasini aniqlash uchun kerak.

— Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishdan nima naf?
— Buning zarurati shundaki, qanday va qancha resurslar borligini aniqlab, qayta ishlash choralarini shu orqali ko‘rish mumkin.

— Bundan chiqdi, qaysi soha mutaxassisligiga talab ko‘tarilishini ham aniqlashimiz mumkin ekan-da?!
— Xuddi shunday! Chunki biz aniq raqamlarsiz qayerga, qachon, qanday, qancha mutaxassis kerakligini bilolmaymiz.

—Qiziq... Resurslar borasida ham aniq ko‘rsatkichlarni ko‘rish mumkin bo‘larkan-da?
— Albatta. Aholi jon boshiga yetarli bo‘lgan energetika, ozuqa, shuningdek, iste’mol mahsulotlari zaxirasini yaratish ham aynan shu natijalarimizga bog‘liq.

— Bu jarayon, albatta, oson bo‘lmasa kerak? Chunki, shuncha aholi, shuncha odamlar... Ro‘yxatga olish tadbiri qanday amalga oshiriladi?
— Bu ham qiziq savol. Har bir fuqaro ushbu jarayonlarga befarq bo‘lmasa, biz yaxshi natijaga erishishimiz mumkin. Tadbir ikki bosqichda uyushtiriladi. Birinchisi, 15-yanvardan 31-yanvargacha – o‘n yetti kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish tarzida bo‘lib, ikkinchi bosqich, to‘rtinchi fevraldan yigirma sakkizinchi fevralgacha mahalla yettiligi a’zolarining uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlari bilan yakunlanadi.

— Eh-e, ushbu jarayonda hamma savollarga javob berish shartmikan?
— Endi o‘ylab ko‘ring, qay tarzda aniq va to‘g‘ri javob berilsa, kelgusidagi rejalarni shu qadar to‘g‘ri aniqlab olish imkoniyati yuzaga keladi.

— Xo‘p, shunday ham deylik, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiylik masalasi-chi?
— Bu, albatta muhim. Unutmang, ma’lumotlar albatta sir saqlanadi. Boshqa tashkilotlarga berilmaydi. Faqatgina statistik maqsadlarda ishlatish uchun jamlanadi. Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting. Kelajak uchun va aniq rejalar uchun o‘z hissingizni qo‘shing.
  • ❤ 6
Older posts →

About this channel

How can I read @census_2026_lotin without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Roʻyxatga olish – 2026: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Roʻyxatga olish – 2026 have?
Roʻyxatga olish – 2026 (@census_2026_lotin) has 1.51K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Roʻyxatga olish – 2026 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →