TGViewer
Cashvertising (Performance Marketing!) Cashvertising (Performance Marketing!) @cashvertising_abdulhamid · 1.98K subscribers
Post #263 863

Forwarded from Abdulhamid Yoqubov || Essays (Abdulhamid)

Yozda reklamaga $100K’dan ziyod summa ishlatdik (loyihalarda)

Sohada ekanimga 5 yildan oshibdi, shu davr davomida bozor qancha oʻzgargani haqida manimcha xulosalar yozsam boʻlsa kerak


Chunki oʻsha paytda masalan $10K atrofida ishlatganimizda ham bozor boʻyicha kamroq tushuncham bor edi

Oʻzgarishlar va xulosalarim

1. Odamlar ancha oʻzini bilib qolgan, yani reklama qilganingizda random odamlar tushmaydi

Sodda, tezda sotib olib ketadigan odamlar ham tushmaydi

Aniq mahsulotga aniq qiziqish bildiradi va e’tirozlari boʻladi

5 yil avval, yoki tez qaror qabul qilardi yoki umuman xarid qilmas edi (500K uzs’ dan qimmat narsalarni)

2. Juda kattar banner koʻrligi (баннерная слепота) hozir, avvallari esimda mahsulotni shunchaki qoʻysak sotilar edi

Hozir eng kamida: kim uchunligi, qanaqa ogriqqa yechim bolishini aytish kerak copy’da

3. Blogerlar ta’siri ancha tushgan, masalan avval yaxshi blogerni olib kelsak va uni reklamaga yoqsak sotuv boʻlavergan

Hozirda bazi loyihalarimizda umuman blogerlardan voz kechganmiz

Asosiy fokus copy’da

Blogerlar ham albatta CPM*1 tushirish va brend uchun yaxshi ishlaydi, lekin performance’da bilmadim

4. Qaror qabul qilish tezligi tushgan, takliflar koʻpaygani sari mijozlar solishtirib, oʻylab qaror qabul qilyapti

Masalan bir mahsulotga lid qoldirsangiz, 10 ta konkurentidan reklama chiqib keladi

Bu degani follow-up > adspent

Bizning ozimizda follow up yaxshi joriy qilinmagani uchun bazi loyihalarimizda 45% gacha yoʻqotish boʻldi

Umuman olganda man ham dinozavr boʻlib qoldimmi deyman 😂

Oʻtmish bilan solishtirishni boshlabman

Lidlar $0.1 dan boʻlgan payti reklamadan qisgan loyihalarim boʻlardi 😂

Sogʻlik salomatlik


Sizda nima gap? Fikrlarga qanchali qoʻshilasiz?

______________________


*1 - 1000 koʻrish uchun toʻlanadigan narx, video qiziq boʻlsa arzonroq boʻladi

@abdulhamidyakubov
  • 🏆 8
More from @cashvertising_abdulhamid
  1. Sep 23, 2026Nega mutaxassislarda koʻp stagnatsiya - bir joyda turib qolish kuzatiladi Qisqacha fikr va…
  2. Sep 22, 2026Nega raqobat yuqori bo'lgan maydonlargdan qochish kerak? yoki qachon aksini qilish to'g'ri…
  3. Sep 7, 2026E bu fikr mikr yoqmiye? 😂
  4. Sep 7, 2026Haqiqiy Performance Marketing qanaqa bo'lishi yoxud fixed payment contractor'lar rostdan p…
  5. Sep 1, 2026Siz nima bilan band boʻldingiz?
  6. Aug 12, 2026Fast food yeyish semirtiradimi? Yoki fast foodni yaxshi koʻrgan odam semirishga moyil boʻl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →