TGViewer
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal @bvmmtb · 25.6K subscribers
Post #71789 854

Forwarded from Buxoro viloyati hokimligi

🔵Buxoroda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
 
✔️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz bitiruvchilarning haqiqiy holatini aniqlash va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 
🔼Yig‘ilishda bitiruvchi va ishsiz yoshlar bandligiga oid ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, ularning har biri bilan manzilli ishlash hamda aniq amaliy natijalarga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
📈Yig‘ilishda qog‘ozdagi hisobotlar bilan cheklanmasdan, har bir yoshning haqiqiy holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish zarurligi ta’kidlandi. Bunda bandlik holati tegishli hujjatlar va bevosita suhbatlar asosida tasdiqlanishi, ishga joylashmagan yoshlarni asossiz ravishda statistik hisobdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.
 
💬Hududlarda ishlarni yanada jadallashtirish, mavjud muammolarni tezkor hal etish va natijadorlikni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
❗️Yig‘ilish yakunida shahar va tuman hokimlariga “mahalla yettiligi” a’zolarini jalb qilgan holda bitiruvchi va ishsiz yoshlarni qayta xatlovdan o‘tkazish vazifasi yuklatildi. Har bir yoshning yashash manzili, bandlik holati, kasbi, ishlash istagi va mavjud muammolari aniqlanib, tegishli ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilandi.
 
🗣️Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga o‘z vakolatlari doirasida zarur ma’lumotlarni taqdim etish, har bir yosh bo‘yicha yig‘ma jildlarni shakllantirish hamda haqiqatan ishsizligi tasdiqlangan yoshlar uchun aniq bandlik rejalarini ishlab chiqish topshirildi.
 
🖥Ushbu rejalar doirasida yoshlarni doimiy ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish, kasb-hunarga o‘qitish va qonunchilikda belgilangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan foydalanish choralari ko‘riladi.
 
💬Viloyat rahbari har bir shahar va tuman hokimi mazkur masalaga shaxsan mas’ul ekanini ta’kidladi.
 
🔖Qayta xatlov natijalari va aniqlangan muammolar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar viloyat shtabiga taqdim etiladi. Mas’ullardan qancha yoshning haqiqatan ishsiz ekani, nechtasi ishga joylashtirilgani, ularga qanday amaliy yordam ko‘rsatilgani va hali hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan aniq hisobot berish talab etiladi.
 
❗️Asosiy maqsad — har bir yoshning bandligini ta’minlash, uning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish va bu boradagi ishlarni quruq hisobotlar bilan emas, aniq natijalar bilan baholashdan iborat.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
More from @bvmmtb
  1. Oct 17, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezi…
  2. Oct 17, 2026🎙 Voices of Summit Samarqandda Jahon sammiti: nimalar kutilmoqda? Azimjon Abdulxayev, Xal…
  3. Oct 17, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →