TGViewer
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal @bvmmtb · 25.6K subscribers
Post #71742 964
🟢”SEN ISTE’DODLISAN” — IMKONIYATLAR, ISHONCH VA YUTUQLAR MAYDONI

🔆Inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining Peshku tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan hamda umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida tahsil olayotgan 3–9-sinf o‘quvchilari estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.

📎Ishtirokchilarning ijodiy chiqishlari va betakror ishlari ularning san’atga bo‘lgan qiziqishi, ichki dunyosi hamda yuksak salohiyatini namoyon etdi.

📌Tanlov bolalarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ijodiy imkoniyatlarini kashf etish va yangi marralar sari intilish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

⚡️Hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholangan g‘olib va sovrindorlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram
  • 🥰 1
More from @bvmmtb
  1. Oct 17, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezi…
  2. Oct 17, 2026🎙 Voices of Summit Samarqandda Jahon sammiti: nimalar kutilmoqda? Azimjon Abdulxayev, Xal…
  3. Oct 17, 2026🔵Buxoroda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi ✔️Buxoro viloyati hok…
  4. Oct 17, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →