TGViewer
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal @bvmmtb · 25.6K subscribers
Post #71732 669
⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

👉На русском

Bizni kuzating:

❤Telegram         🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedin
More from @bvmmtb
  1. Oct 16, 2026Biz zo‘ravonlikka qarshimiz! ➖ Bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatigaa duch keldingizmi yoki…
  2. Oct 16, 2026#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 🟢BILIMLAR SINOVI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA ✅Buxoro viloyati ma…
  3. Oct 16, 2026#Sayyor_qabul 📢Hurmatli fuqarolar! 🔆Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mavjud muammo…
  4. Oct 16, 2026#Sayyor_qabul 📢Hurmatli fuqarolar! 🔆Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mavjud muammo…
  5. Oct 16, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqa…
  6. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining bir…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →