🟢MILLIYLIK — MILLIY QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI!
💫Milliy liboslar — xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va betakror estetik didini o‘zida mujassam etgan bebaho meros. Har bir naqsh, rang va bezakda millatimizning o‘zligi, nozik didi va ko‘p asrlik an’analari aks etadi.
💡Yurtimizda har juma kuni o‘tkaziladigan “Milliy liboslar kuni” ana shu qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✨Buxoro viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham ushbu tashabbus keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Jumladan, Kogon tumanidagi umumta’lim maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchilar milliy liboslarda ta’lim jarayonlari hamda turli tadbirlarda ishtirok etib, milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni namoyon etmoqdalar.
✨Milliy libosni kiyish — bu shunchaki an’anaga amal qilish emas, balki ajdodlar merosiga hurmat, milliy o‘zlikka sadoqat va qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkazish ifodasidir.
📸Fotolavha va videolavhalarda Kogon tumanidagi umumta’lim maktablarida “Milliy liboslar kuni” doirasida tashkil etilgan jarayonlar aks etgan.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |







