Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi
📱 Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan noyabr oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📝 Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda my.gov.uz sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔹 21-noyabr — biologiya;
🔹 22-noyabr — kimyo;
🔹 24-noyabr — fizika (elektron shaklda);
🔹 28-29-noyabr — matematika.
❕ Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amalga oshirishlari lozim.
Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
✅ Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #71665
702
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
- ❤ 1