🟢"JASORAT MAKTABI"GA QABUL QILINGAN O‘QUVCHILARNING VA’DA BЕRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
🔆Qorako‘l tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan “Jasorat maktabi”ning 26 nafar o‘quvchisi ishtirokida tantanali “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi.
➡️Tadbirda tuman hokimi Xurshid Toxirov so‘zga chiqib, “Jasorat maktabi”ning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Bunday ta’lim maskanlari o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, intizom, mas’uliyat va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
📎Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularni yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan voyaga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi.
💫Tantanali marosim davomida 26 nafar o‘quvchi o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur his etgan holda, Vatanga sadoqatli bo‘lish, bilim olishga intilish, ustozlar va ota-onalar hurmatini joyiga qo‘yish hamda el-yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga va’da berdilar.
⚡️Marosim yoshlar qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda qat’iyat, jasorat va yuksak maqsadlar sari intilish ruhini kuchaytirishga xizmat qildi. Zero, bugungi bilimli, intizomli va vatanparvar yoshlar — ertangi kunning ishonchli tayanchi, yurt kelajagining bunyodkorlaridir.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |









