#Yoshlar_kuni
🟢VILOYAT HOKIMI XALQARO OLIMPIADAGA TAYYORLANAYOTGAN IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
🔆 Bugun, 15 oktyabr — Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilishga tayyorlanayotgan iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi.
➡️Ma’lumot uchun, mazkur o‘quvchilar joriy yilda Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO)saralashining respublika bosqichida katta yosh toifasida (Senior) ikkinchi bor muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Endilikda ular viloyat hokimligi ko‘magida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📎Samimiy muloqot davomida o‘quvchilarning erishgan yutuqlari, oldinga qo‘ygan maqsadlari va kelajak rejalari haqida so‘z bordi. Viloyat rahbari yoshlarning bilimga intilishi, izlanishi va o‘z salohiyatini namoyon etishga bo‘lgan harakatlarini e’tirof etib, ular mamlakatimizning ertangi kuni, yurtimiz tayanchi ekanini ta’kidladi.
💫Shuningdek, xalqaro maydonda ham munosib natijalar ko‘rsatib, Buxoro va O‘zbekiston nomini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi hamda jamoaga omad tiladi.
⚡️Tashrif davomida Prezident maktabida ta’lim sifati, o‘quvchilar erishayotgan natijalar va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram
Post #71640
696




