Voyaga yetmaganlar markazida tarbiyalanayotgan bolalar uchun Buxoro tumanida joylashgan "Varnet" issiqxona akademiyasiga ma'rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad — yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish hamda zamonaviy qishloq xo'jaligi sohasi bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
Sayohat davomida akademiya mutaxassislari bolalarga issiqxona xo'jaligini yuritish tartibi, sabzavot va ko'chat yetishtirishning innovatsion usullari, tejamkor sug'orish tizimlari hamda mikroiqlimni boshqarish texnologiyalari haqida batafsil ma'lumot berdilar. Ishtirokchilar o'simliklarni parvarishlash jarayonini bevosita kuzatib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ushbu sayohat bolalarda kelajakda foydali kasb egallash va jamiyatda o'z munosib o'rnini topish ishtiyoqini uyg'otishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida bolalar olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashib, maroqli va mazmunli kun uchun tashkilotchilar hamda akademiya jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.
Markaz tomonidan bunday ma'rifiy-tarbiyaviy tadbirlarni kelgusida ham muntazam ravishda o'tkazib borish rejalashtirilgan.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube





