Qorako‘l tumanida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari uchun maxsus yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi hamda tuman IIB boshlig‘i bevosita ishtirok etib, shaxsiy tarkibga xizmat oldidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Xususan, tungi vaqtlarda mahallalar hududida patrul nazoratini kuchaytirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ishonchli himoya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, rahbarlar tomonidan xodimlarga o‘z xizmat burchini o‘tash davomida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish va doimiy hushyorlikni saqlash zarurligi alohida ta'kidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube





