TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 138K subscribers
Post #126051 3.77K
Buxoro tumanining «qizil» toifadagi hududlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi ijrosi doirasida Buxoro tumanida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur farmoyish asosida, tumanga biriktirilgan mas'ul rahbarlar hamda huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirokida kriminogen vaziyati murakkab baholangan — «qizil» toifadagi "Kulonxona" mahallasida manzilli o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. Maqsad — hududdagi mavjud muammolarni aniqlash orqali jinoyatchilikning oldini olish va aholi xavfsizligini to‘liq ta'minlashdan iborat.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 11, 2026Buxoro viloyati IIB rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan qabulda 30 dan ortiq murojaat ko‘rib…
  2. Oct 11, 2026Buxoro shahrida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlar oldidan jamoat tartibini saqlash bo'yicha…
  3. Oct 11, 2026Toshkent shahrida davom etayotgan voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasida navbat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →