Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Buxoro shahar 2-sonli ichki ishlar bo'limi hududida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar ishtirokida maxsus yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda xavfsiz muhitni yaratish, har qanday huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishdir. Shu munosabat bilan, biriktirilgan hudud bo‘ylab keng ko'lamli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilib, aholi o‘rtasida tushuntirish va ogohlantirish tadbirlari tashkil etildi.
Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bu kabi nazorat ishlari Buxoro shahrining boshqa hududlarida ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









