TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 153K subscribers
Post #125675 2.28K
Buxoroda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi tarbiyalanuvchilari uchun Chavandozlar maktabiga sayohat uyushtirildi
Buxoro viloyatidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini aniqlash hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Chavandozlar maktabiga maxsus tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida yoshlarga milliy ot sporti, qadimiy chavandozlik an’analari va ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ular chavandozlarning otlarni parvarish qilish sirlari, ot minish va boshqarish ko‘nikmalari, shuningdek, ot sportining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir davomida voyaga yetmaganlarda milliy merosimiz va an’analarimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish, ularda jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 3, 2026©️ "Milliy TV" telekanali "Millar" informatsion dasturi "Matras"da xavfli sayr. 🇺🇿 Rasmi…
  2. Oct 3, 2026Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida sud-huquq masalalari va fuqarolarni qiynayotgan muammol…
  3. Oct 3, 2026Shofirkon tumani "Bukhara Azteks Amirtex" nomli tikuv sexi ishchi-xodimlariga "Buxoro smar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →