Bugun yurtimizda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib, ularning bilimli, vatanparvar va barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida beqiyos hissa qo‘shayotgan aziz ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini olib kiruvchi, ezgulikka chorlovchi, hayot yo‘lini tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ulug‘ zotdir. Har bir erishilgan yutuq, har bir muvaffaqiyat ortida ustozning zahmati, sabri va fidokorona mehnati mujassam.
Shu munosabat bilan barcha ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube





