TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 154K subscribers
Post #125433 1.37K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro viloyati hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat raqam belgisini o‘zgartirib harakatlangani aniqlandi
Mazkur transport vositasi ushbu davlat raqami bilan foto va video qayd etish tizimlari orqali 9 marotaba tezlik bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir qilgani qayd etilgan.

Natijada fuqaroga 10 million so‘mdan ortiq miqdorda jarimalar hisoblangan.

Aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz: davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish yoki boshqa transport vositasiga tegishli raqamdan foydalanish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Davlat raqami — transport vositasining qonuniy identifikatori. Uni o‘zgartirishga urinmang!

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 29, 2026Yuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi. — Высокое внимание и…
  2. Sep 29, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a…
  3. Sep 29, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →