Qorovulbozor tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
Qorovulbozor tumanida jinoyatchilikning oldini olish, aholi o‘rtasida qonunga hurmat va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsning qilmishi jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida mazkur huquqbuzarlik qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqanligiga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilganlarga nizoli vaziyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, o‘zaro hurmat va murosani saqlash, shuningdek, har qanday kelishmovchilikni faqat qonun doirasida hal etish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida bunday holatlar og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi qayd etilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla faollari hamda keng jamoatchilik hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube







