TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125068 4.45K
Buxoroda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i polkovnik Diyorbek Sattarov boshchiligidagi ishchi guruhning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davomida ilgari surilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanib, hududda “Buxoro tajribasi”ni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar boshlab yuborildi.

Mazkur tashabbus doirasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati jamoat xavfsizligi xizmati avtomashinalarini favqulodda vaziyatlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jabrlanganlarga sifatli birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur vositalar bilan jihozlash va shay holatga keltirish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Xizmat avtomashinalarini maxsus vositalar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlashning ahamiyati, ulardan samarali va to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha mas’ul xodimlarga amaliy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. Kelgusida mazkur chora-tadbirlarning izchil davom ettirilishi va Buxoro tajribasining ommalashtirilishi orqali fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ularga tezkor va sifatli yordam ko‘rsatish samaradorligi yanada oshiriladi.

Shu bilan bir qatorda, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni jadallashtirish hamda jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida "S. Ayniy" mahalla fuqarolar yig‘inida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar ishtirokida xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi ishtirok etib, shaxsiy tarkibga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.

Tungi xizmat yo‘riqnomasiga shahar ichki ishlar bo‘limi, qo‘riqlash va patrul-post xizmatlari, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari hamda Milliy gvardiyaning bir guruh xodimlari xizmat avtomashinalarida saf tortgan holda jalb etildi. Shuningdek, jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ham bevosita ishtirok etib, hudud osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 26, 2026#LIVE Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi ARK qo‘rg‘oni yaqinida konsert dasturi bo'lib o't…
  2. Sep 26, 2026#LIVE Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi ARK qo‘rg‘oni yaqinida konsert dasturi bo'lib o't…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →