Buxoro yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi Axborot xizmati!
📌Taklif va murojaatlar uchun: +998906377227
Post #35145
81

#Buxoro_yoshlari
#Chempion_va_yoshlar
🏆 Chempion va yoshlar uchrashuvi: muvaffaqiyat sari bir qadam!
Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sportchilari ishtirokida “Chempion va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
🇺🇿 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish, qalblarida Vatanga muhabbat va yuksak marralar sari intilish tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida chempionlar sportdagi yutuqlari, mashaqqatli mehnat, qat’iyat, intizom va tinimsiz izlanishning muvaffaqiyatga erishishdagi o‘rni haqida so‘zlab berdilar. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sportchilarning hayotiy tajribasi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida yoshlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga rag‘batlantirish hamda yurtimiz chempionlari safini kengaytirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
😎Telegramm 😎Instagramm
😎Facebook 😎You tube