TGViewer
BuxDU •БухГУ •BukhSU BuxDU •БухГУ •BukhSU @buxdu_uz · 18K subscribers
Post #114100 1.24K
✍️✍️✍️✍️✍️

📘Tadbirkorlik imkoniyatlari — talabalar nigohida

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi professori D.B. O‘roqova boshchiligida “Tadbirkorlik asoslari” fani doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Garden Plaza” mehmonxonasi rahbari Laziz Nozimovich Ramazonov ishtirok etib, 11-4GHTF-23 guruhi talabalari bilan “Hozirgi zamonda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida ochiq va mazmunli muloqot olib bordi.

Muloqot davomida bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish va mehmonxona biznesida muvaffaqiyatga erishish omillari, tashabbuskorlik, mijozlar bilan ishlash madaniyati hamda zamonaviy biznesni boshqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan bevosita javob olish, amaliy tajriba bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhim tavsiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
More from @buxdu_uz
  1. Oct 17, 2026✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Buxoro davlat univerditetida raqamlashtirish va xavfsizlik yo‘nalishidagi ish…
  2. Oct 17, 2026🎗🎗🎗🎗🎗🎗 📘 Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida “O‘zbek tili va madaniya…
  3. Oct 17, 202609:00 17.10.2026 Buxoroda Ozarbayjon madaniyati kunlari #Buxoro muxbir: Madrahim Turdiyev…
  4. Oct 17, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦 “Zukko kitobxon” tanlovining Rektor kubogi saralash bosqichi yakun…
  5. Oct 17, 2026🏐🏐🏐🏐 📘Sport maydonida shijoat, mahorat va g‘alabaga intilish! Buxoro davlat universit…
  6. Oct 17, 2026✍️✍️✍️✍️✍️ 📘BuxDUda “Yosh kitobxonlar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi Buxoro…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →