🎗🎗🎗🎗🎗🎗
📘🇺🇿 Buxoro davlat universitetida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Buxoro davlat universiteti Tarix fakulteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur anjuman globallashuv jarayonlarining yoshlar ma’naviy dunyoqarashiga ta’siri, zamonaviy axborot makonida ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarning mafkuraviy immuniteti va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.
Konferensiyani Tarix fakulteti dekani Bobir Namozov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodning ma’naviy kamoloti, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalanishi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Anjuman davomida Nutfillo Teshayev, Davronbek Qodirov, Anvar Shirinov, shuningdek, Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari mavzu doirasidagi dolzarb ilmiy masalalar yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Ma’ruzalarda globallashuvning yoshlar tafakkuri va ma’naviy hayotiga ta’siri, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, media va axborot savodxonligini oshirish, milliy o‘zlikni anglash hamda yoshlar orasida sog‘lom ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashni rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, ilmiy xulosalar hamda amaliy taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
Post #113100
1.43K






- ❤ 5
- 👍 4
- 🔥 1
- 👏 1
- 🤩 1