TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.41K subscribers
Post #61365 1.21K
⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar!


❗️ So‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali institut professor-o‘qituvchilari yoki talabalari nomidan turli mazmundagi xabarlar yuborilishi, ayrim hollarda esa shaxsiy ma’lumotlar, pul mablag‘lari yoki boshqa talablar bilan murojaat qilinishi mumkin.

❗️Shuni alohida ta’kidlaymizki, bunday xabarlar har doim ham aynan xabarda ko‘rsatilgan shaxs tomonidan yuborilgan bo‘lmasligi mumkin. Begona shaxslar ustozlar yoki talabalar nomidan foydalanib, siz bilan turli yo‘llar orqali bog‘lanishga urinishi ehtimoldan xoli emas.

🔎 Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

⚠️ Agar sizga:
▪️ institut xodimi yoki talabasi nomidan shubhali xabar kelsa;
▪️ pul mablag‘i yoki boshqa yordam so‘ralsa;
▪️ shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish talab qilinsa;
▪️ noma’lum havolaga kirish yoki fayl yuklab olish so‘ralsa;
▪️ xabarning mazmuni yoki yuboruvchisi sizda shubha uyg‘otsa —
shoshilinch xulosa qilmang va hech qanday ma’lumot yoki mablag‘ yubormang.


✅ Avvalo xabar yuborgan shaxs bilan boshqa aloqa vositasi orqali bog‘lanib, ma’lumotni qayta tekshiring.

⚠️ OGOHLANTIRAMIZ: har qanday xabarga ishonishdan oldin uning manbasi va haqiqiyligini tekshiring!


🤩 Barchangizdan internet va messenjerlardan foydalanishda mas’uliyatli bo‘lish, firibgarlik va turli noqonuniy holatlarning oldini olish uchun doimo hushyorlikni saqlashni so‘raymiz.

👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 2
  • ⚡ 1
More from @bukhspi
  1. Oct 18, 2026❗️Diqqat! Rektor nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda 💻 Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro davla…
  2. Oct 17, 2026🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🤩 “MEHR ULASHING” — EZGULIK SARI QADAM! 👍Buxoro davlat pedagogika in…
  3. Oct 17, 2026Harbiy ta’lim fakultetida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 👍 Buxoro davlat pedagogika i…
  4. Oct 17, 2026photo post
  5. Oct 17, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →