BuxDPIda talaba-qizlar o‘rtasida iqtidorlar bellashuvi
👍 Xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Balli qizlar!” nomli iqtidorlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Umedjanova ishtirok etdi.
🔵Mazkur bellashuvdan ko‘zlangan maqsad — talaba-qizlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, zukkoligi, iste’dodi, mahorati hamda faolligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, topqirligi, ijodkorligi va sahna mahoratini namoyish etib, o‘zaro qiziqarli bellashuvlarda ishtirok etdilar.
“Balli qizlar!” bellashuvi talaba-qizlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda faol va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #61252
1.17K







- ❤ 15
- ❤🔥 6
- 🔥 6
- 🥰 4
- 👏 2
- 👍 1