TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.42K subscribers
Post #61217 917

Forwarded from Bahodir Ma’murov

#XalqaroHamkorlik

O‘zbekiston–Ozarbayjon II rektorlar forumida ishtirok etmoqda


🇺🇿 🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi institut delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

➡️Forum davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda akademik hamjamiyat vakillari ishtirokida oliy ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, akademik mobillikni kengaytirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

👍 Buxoro davlat pedagogika instituti delegatsiyasi forum doirasida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlarni yaratish hamda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan muloqotlarda faol ishtirok etmoqda.

🔵Shuningdek, xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, ta’lim sifatini xalqaro talablar asosida takomillashtirish va zamonaviy ta’lim tendensiyalarini o‘rganish forumning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

BuxDPI delegatsiyasining ushbu xalqaro forumdagi ishtiroki institutning xalqaro aloqalarini kengaytirish, yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surish hamda ta’lim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli, samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.


✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 10
  • ❤ 3
  • 🔥 2
More from @bukhspi
  1. Oct 17, 2026🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🤩 “MEHR ULASHING” — EZGULIK SARI QADAM! 👍Buxoro davlat pedagogika in…
  2. Oct 17, 2026Harbiy ta’lim fakultetida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 👍 Buxoro davlat pedagogika i…
  3. Oct 17, 2026photo post
  4. Oct 17, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →