TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.44K subscribers
Post #61002 1.25K
🔴🟥🟥 🟥🟥🟥 ❤️❤️❤️❤️

“Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!”


🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.

🗂 Ertalabki badantarbiya — nafaqat jismoniy faollik, balki kunni ko‘tarinki kayfiyat, tetiklik va yuqori ishchanlik bilan boshlashning samarali vositasidir. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, organizmni kunlik faoliyatga tayyorlamoqda.

💪 Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, salomatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat. Ayniqsa, mashg‘ulotlarning institutning ko‘rkam “Yoshlar bog‘i” hududida o‘tkazilayotgani ishtirokchilarga ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘ynida tetiklanish va yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlash imkonini beradi.

🧳 Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning birgalikdagi ishtiroki esa institutda sog‘lom muhitni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlarni faol hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌱 Har tongni harakat bilan boshlang — sog‘lom hayot sari bir qadam tashlang!

#Sog‘lomTurmushTarzi #ErtalabkiBadantarbiya #YoshlarBog‘i #FaolHayot #Sog‘lomAvlod

CHORSHANBA - SPORT KUNI


👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 🥰 1
More from @bukhspi
  1. Oct 14, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti…
  2. Oct 14, 2026“Besh tashabbus olimpiadasi”: fakultetda sport musobaqalari! 👍 Buxoro davlat pedagogika i…
  3. Oct 14, 2026video post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →