TGViewer
Boshqaruv samaradorligi agentligi Boshqaruv samaradorligi agentligi @bsa_uz · 69.9K subscribers
Post #21702 6.72K
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Kengash a’zolari Rahbar kadrlarni baholash markazi faoliyati, zamonaviy baholash tizimi va ilg‘or assessment texnologiyalari imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng, Agentlikning 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat xizmatida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish hamda islohotlarning aniq natijalarga yo‘naltirilganligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar va ularni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashining ish rejasiga muvofiq, sohaga oid jamoatchilik fikri va murojaatlari o‘rganilib, tegishli tahlillar amalga oshirilgani qayd etildi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda jamoatchilik vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olish, qabul qilinayotgan qarorlarning hayotiyligi va amaliy samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida davlat organlari va tashkilotlarida boshqaruv samaradorligini oshirish, inson resurslarini zamonaviy yondashuvlar asosida boshqarish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda davlat xizmatida natijadorlik va hisobdorlikni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida Jamoatchilik kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlash, jamoatchilik bilan samarali muloqotni kengaytirish hamda bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish muhimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
More from @bsa_uz
  1. Oct 18, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi yangi k…
  2. Oct 18, 2026Davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilish…
  3. Oct 18, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida t…
  4. Oct 17, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat keng…
  5. Oct 17, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezi…
  6. Oct 17, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →