“O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar” milliy tanlovi g‘oliblari xalqaro tajribani o'rganmoqda
Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh qarorgohida yoshlar uchun navbatdagi kasbiy tanishuv dasturi tashkil etildi.
Dastur doirasida g‘oliblar FAOning O‘simliklar ishlab chiqarish va himoya qilish bo‘limi faoliyati bilan tanishdilar. Bo‘lim maslahatchisi Xafiz Mo‘minjanov o‘simliklar salomatligini muhofaza qilish, ekinlar hosildorligini oshirish hamda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, yoshlar Agrooziq-ovqat iqtisodiyoti va siyosati bo‘limi faoliyatini o‘rganib, agrar iqtisodiyot, oziq-ovqat siyosati va qishloq xo‘jaligida ilmiy asoslangan, samarali qarorlar qabul qilish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdilar.
FAO mutaxassislari bilan bevosita muloqot, global agrar muammolar va ularning zamonaviy yechimlarini o‘rganish yoshlarning kasbiy bilimlarini boyitish, strategik fikrlashini rivojlantirish hamda xalqaro tajribani amaliyot bilan bog‘lashiga xizmat qilmoqda.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — qishloq va suv xo‘jaligi sohasida nafaqat bilimli, balki zamonaviy fikrlaydigan, innovatsion yechimlar taklif eta oladigan va mamlakat agrar tarmog‘i rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishdir.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
Post #21694
3.88K



