TGViewer
Boshqaruv samaradorligi agentligi Boshqaruv samaradorligi agentligi @bsa_uz · 70.2K subscribers
Post #21307 3.63K
Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish va ularni tekshirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (505-son, 22.09.2026 y.) bilan "Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqida"gi nizom tasdiqlandi.

❗️Nizomga ko‘ra, tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanish holatlari tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.

Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda, ish beruvchi quyidagilarga majbur:

▫️jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam ko‘rsatish va zarur bo‘lganda uni tibbiy muassasaga olib borish;

▫️ baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan taqdirda, tegishli organlar va tashkilotlarni, shuningdek, jabrlanuvchining yaqinlarini xabardor qilish va boshqalar.


Baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma rahbariga xabar berishi kerak.

👍 Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:

▫️ salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irlik darajasidan qat’i nazar, bir vaqtning o‘zida 2 va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;

▫️ oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir baxtsiz hodisalar;

▫️ oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
More from @bsa_uz
  1. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyuri…
  2. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “L…
  3. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Oltinkoʻl tumanidagi cha…
  4. Sep 23, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Rahbar ayollar” dasturi tinglovchilari uch…
  5. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Xoʻjaobod tumanidagi texnoparkda boʻlib, “aqlli” suv hisoblag…
  6. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashki…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →