O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari ijrosi doirasida Oltinsoy tumanida hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali tuman hokimligi hamkorligida mazkur loyihalarning belgilangan maqsad va ko‘rsatkichlarga muvofiq amalga oshirilishi, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda hudud aholisiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasidagi amaliy natijalar tahlil qilinmoqda.
Jumladan:
▫️ “Intensiv bog‘ tashkil etish” loyihasi — “Obshir” mahallasidagi 100 gektar maydonda uzum bog‘i tashkil etilishi natijasida 120 ta yangi ish o‘rni yaratilishi hamda yiliga 7,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
▫️ “Ko‘mir qazib olish” loyihasi — “Xo‘jaypok” mahallasidagi 205 gektar maydonda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 60 ta yangi ish o‘rni yaratish va yiliga 27 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
▫️ “Eko bozor tashkil etish” loyihasi — “Ipoq” mahallasidagi 5 gektar hududda savdo majmuasini ishga tushirish orqali 600 ta yangi ish o‘rni yaratish va 100 ga yaqin servis obyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha hududning o‘zida zamonaviy savdo infratuzilmasini shakllantirish va aholining savdo xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Ishchi guruhi tomonidan loyihalarni amalga oshirish jarayonida aniqlangan muammolar va mavjud imkoniyatlarni tahlil qilinib, belgilangan natijalarga erishishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan birgalikda chora-tadbirlar belgilandi.
Asosiy maqsad — loyihalar sonini ko‘paytirish emas, balki ularning aniq natijasini ta’minlash: yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha ishlab chiqarish, aholi daromadlari va hudud infratuzilmasini rivojlantirish.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa



