🇺🇿 Rimdan xushxabar: Masturaxon Sayfutdinovani FAO Bosh direktori shaxsan taqdirladi!
Hozirgina Rimdagi FAO bosh qarorgohida tashkilot Bosh direktori QU Dongyu “Farg‘ona anorchilik” agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfutdinovaga “Agrooziq-ovqat tizimlari va qishloq taraqqiyotidagi 100 nafar qahramon ayol” tashabbusi doirasidagi e’tirofni shaxsan topshirdi.
🌱 Quva tumanida faoliyat yuritayotgan hamyurtimizning xalqaro sahnada taqdirlanishi — O‘zbekiston qishloq ayollari uchun quvonchli voqea. Bu e’tirof ularning mehnati, tashabbuskorligi va yetakchiligiga e’tibor qaratadi.
Masturaxon Sayfutdinovani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Post #12735
203


