TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.22K subscribers
Post #79 949
Lexical scopes in for-loop

For-loop strukturasi 4 ta asosiy ifodaviy qismlardan iborat:


for (ifoda1; ifoda2; ifoda3) {
ifoda4;
}


1-ifoda sikl boshida FAQAT BIR MARTA ishga tushadi. Bu yerda biz ko’pincha o’zgaruvchilar e’lon qilamiz, boshlag’ich holatni belgilaymiz.

2-ifoda har safar sikl boshida ishga tushadi. Bu yerga sikl tugatilish sharti qo’yiladi.

4-ifoda siklimiz tanasi. 2-ifodadan ROST qiymatini olar ekanmiz, 4-ifoda har doim bajariladi.

3-ifoda har safar sikl tugaganida ishga tushadi. Bu yerda sikl yakunlangaida qilinishi kerak bo’lgan amal(lar)ni joylaymiz.

JavaScript’da “lexical scope” tushunchasi mavjud. Qisqacha ma’nosi leksik maydon. Yuqoridagi for-loop strukturasidagi ifodalarning har biri o’z leksik maydonini yarata oladi.

Misolga qaraydigan bo’lsak, setTimeout 1-ifodaning “lexical scope”ida joylashgan. Ifoda esa bir martagina ishga tushadi. O’zgaruvchi let orqali e’lon qilingani uchun “i”ning qiymati setTimeout uchun o’shaligicha qolaveradi.

1-ifoda ekvivalenti bunday bo’ladi:


let i = (setTimeout(()=>console.log(i)), 0);

// tushunarliroq qilib yozsak
{
let i = 0;
setTimeout(()=>console.log(i), 0);
}


Shunday ekan, for-loop’da bo’ladigan keyingi o’zgarishlarning setTimeout ichidagi “i”ga hech qanday tasiri yo’q. Chunki u alohida “lexical scope”da.

Javob: 0
  • 👍 9
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →