TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #405 1.37K
Brogrammist
Aytgancha, AOT compilation - Ahead of Time compilation.

Kompilyatsiya qilinadigan tillar shunaqa deyiladi. Masalan C, C++, Rust, Go.

JavaScript interpretatsiya qilinadigan til bo'lib yaralgan. Lekin ECMA stardarti JavaScript engine'lar shunday ishlashi kerak deb shart qo'ymaydi.

Ya'ni JavaScript interpretatsiya yoki kompilayatsiya qilinishini engine belgilaydi. Shuning uchun JavaScriptga til sifatida interpretatsion yoki kompilyatosion deb ta'rif berish to'g'ri bo'lmaydi.

Ammo, tildagi (ECMAScript spetsifikatsiyasi) ba'zi konstruksiyalar engine'ni interpretatsion bo'lishiga signal berishi mumkin. Masalan "eval", "Function" orqali yangi funksiya yasash, "Proxy" kabilar. Lekin spetsifikatsiya ularning ishlash prinsipini belgilaydi xolos. Chunki bu konstruksiyalar uchun engine aynan interpretatsion bo'lishi shart emas. Shunchaki ish sal qiyinlashadi.

Xullas kalom, JavaScript kompilyatsiya bo'lishi ham mumkin. AOT-compiled JS enginelar ham bor. Misol uchun Perry va Porffor.

Yuqoridagi so'rovnomada barcha javoblar to'g'ir deb qabul qilsak ham bo'ladi.
  • 🔥 7
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →