Linklar o'ziga yarasha sintaksis/standartga ega. Masalan:
"https://google.com?q=cat&cr=UZ"
Bu link yaroqli (valid), chunki unda standart bo'yicha protokol, unda keyin "://" qo'yilib, keyin domain, keyin esa "path" va "query" parametrlar to'g'ri qo'yilgan.
Buni biz "regular expression" orqali tekshirishimiz mumkin. Lekin ishoning bunaqa RegExp'ni yozishni xohlamagan bo'lardingiz.
Kutubxona (library) ishlatsakchi? To'g'risi, proyektingiz kattalashgani sari har bir bayt siz uchun qimmatli. Ularni keraksiz joylari ko'p qandaydir kutubxonaga sarflashga arzimaydi.
Gapning qisqasi JavaScriptning o'zida linklar bilan ishlovchi "built-in" interfeys bor. Bu
URL obyekti. URL obyekti konstruktori argument sifatida string oladi. Agar string yaroqsiz link bo'lsa "exception" otiladi. Shuning uchun uni "try-catch" bilan o'rash kerak.Quyidagi funksiyani bemalol Copy&Paste qilishingiz mumkin:
function isValidURL(url) {
try {
new URL(url);
return true;
} catch (error) {
return false;
}
};
isValidURL("http://google.uz");
// true
isValidURL("https//invalidcom");
// false
#js #jsdaily #tips